ЯНГИЛИКЛАР

27.05.2024
Hamma Hakatonga!

23-may kuni .UZ domeni ma'muriyatining ccTLD bo‘limi xodimlari hakamlar hay'ati a'zolari sifatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan hakatonda ishtirok etdilar.

Musobaqada 32 jamoa axborot texnologiyalari sohasiga oid loyihalari bilan ishtirok etdi. Har bir loyiha noyob va jamiyat uchun muhim o'rin tutadi. Hakamlar hay'ati har bir toifada g‘oliblarni aniqladi.

24-mayda g‘oliblarga sovrinlar topshirildi.