ЯНГИЛИКЛАР

30.05.2024
Toshkent shahridagi Inha universitetida «Internetni o‘lchash kuni» bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida RIPE NCC mintaqaviy Internet reestri tomonidan ICANN korporatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Internetni o‘lchash kuni» bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tarmoqning barqaror rivojlanishi va ishlashini taʼminlash, uning sifati va xavfsizligini oshirish, xususan, domen nomlari, IP manzillar, marshrutlash muammolari va internetga ulanishni taʼminlash maqsadida internet tadqiqotlarini ragʻbatlantirishga bagʻishlangan.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, UZINFOCOM vakili boʻlgan mahalliy internet registratorlari va boshqalar, shuningdek, xosting-provayderlari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etib, internetni oʻlchash boʻyicha tajriba, vositalar va ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashdilar.