ЯНГИЛИКЛАР

05.08.2022
PS Cloud Service kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugun UZINFOCOM Yagona integratorda .UZ domeni maʼmuriyati boshlig’i va uning jamoasining Qozogʻistondagi yetakchi domen nomlari Roʻyxatdan oʻtkazuvchisi va eng yirik PS Cloud Service xosting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tashrifdan maqsad ccTLD loyihalari va UZINFOCOM Ma’lumotlar markazi bilan batafsilroq tanishish edi.

Uchrashuv davomida mehmonlar tizimlarning texnik jihatlari, ushbu loyihalarning ishonchliligi va xavfsizligi bilan tanishib, kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar doimiy aloqada boʻlishga va har ikki tomon uchun ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni koʻrib chiqishga kelishib oldilar!