ЯНГИЛИКЛАР

29.04.2026 | 88
O‘zbekiston milliy domeni .UZ 31 yoshga to‘ldi. Uznet tug‘ilgan kun muborak!


.UZ milliy domeni tug‘ilgan kuni munosabati bilan .UZ domeni ma’muriyati (UZINFOCOM) foydalanuvchilar va hamkorlar uchun infratuzilmani rivojlantirish hamda xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirishga qaratilgan yangi servis va yangilanishlarni ishga tushirdi.

Eng muhim yangiliklardan biri — Registratorlar uchun .UZ domen zonasini boshqarish tizimining API 3.0 versiyasi ishga tushirilganidir. Yangilangan versiya registratorlar va tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya imkoniyatlarini kengaytiradi, ishlash tezligini oshiradi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Loyiha doirasida integratsiya, texnik sinovlar va APIni bosqichma-bosqich ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu bozor ishtirokchilari uchun tizim bilan yanada samarali ishlash imkonini yaratadi.

Alohida yo‘nalish sifatida Nadim AI onlayn-assistenti test rejimida joriy etildi.

Nadim AI — bu domen nomlari sohasida foydalanuvchilar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun yaratilgan sun’iy intellekt asosidagi intellektual onlayn yordamchi. U zamonaviy til modeli imkoniyatlari va domen industriyasi bo‘yicha maxsus ekspertlikni birlashtirib, oddiy chat-bot emas, balki to‘liq raqamli maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifasi — foydalanuvchilar uchun domenlar bilan ishlash jarayonini soddalashtirish, kerakli ma’lumotni tez olish imkonini berish va jarayonni yanada tushunarli qilishdir.

Shu bilan birga, ccTLD.uz rasmiy sayti ham yangilandi. Interfeys zamonaviy talablar asosida qayta ishlandi, shu bilan birga odatiy ishlash tartibi va asosiy interfeys elementlari saqlab qolindi.

Bundan tashqari, tizimning asosiy komponentlarini modernizatsiya qilish, funksional imkoniyatlarni optimallashtirish va servislar barqarorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ichki ishlar olib borilmoqda. Bu esa domen zonasining kelgusidagi rivoji uchun mustahkam texnologik asos yaratadi.

Ushbu yangilanishlar muhim sana munosabati bilan amalga oshirilib, .UZ domenining zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, domen bozori xizmatlari sifatini oshirish va raqamli ekotizim ishtirokchilari uchun yuqori darajadagi servisni ta’minlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

.UZ domeni ma’muriyati barcha internet foydalanuvchilarini ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklaydi va Uznet rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.

Tug‘ilgan kuning bilan, Uznet!